2022- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 959,2 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,1 %ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 20,9 %i yoki 712,4 mlrd so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 91,0 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,9 %ni, jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 2,7 %ni tashkil etdi.



