“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining madaniyat saroyida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilot raislarining “Ayolga saodat bering” nomli ijtimoiy roliklar tanlovining taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan mazkur tanlov jamiyatdagi qancha-qancha ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qamrab olish va ularning oilalariga yordam berish maqsadida tashkil etildi.

Marosimda qator vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Unda soʻzga chiqqan bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova ayollarning oiladagi oʻrni, farzandlar tarbiyasi borasidagi fidoyiligini eʼtirof etish asnosida el-yurt ravnaqiga qoʻshayotgan hissasini gʻurur bilan tilga oldi. Tadbirda ishtirok etayotgan xotin-qizlar jamiyatimizning shunday faol shaxslari sifatida barchaga oʻrnak ekanliklari taʼkidlandi.


Respublika vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda Davlat statistika qoʻmitasining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti ham tizimda olib borilayotgan tadbirlar aks ettirilgan videorolik bilan ishtirok etdi va faollar safida taqdirlandi.

Matbuot xizmati


