Davlatimiz rahbari tomonidan 2021- yil 3- dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

1-photo_2022-09-26_10-15-49

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

2-photo_2022-09-14_14-22-10

Davlat statistika qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tuman va shaharlardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

3-photo_2022-09-21_16-25-15

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishmoqda.

4-photo_2022-09-12_11-49-14

Buxoro viloyati Jondor tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Nurali Shukurov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

5-photo_2022-03-15_21-08-30

Maʼlumot uchun, Jondor tumanidagi 52 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 180 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan “Temir daftari”da 351 nafar, “Ayollar daftari”da 3567 nafar, “Yoshlar daftari”da 149 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

6-photo_2022-07-29_17-38-15

 Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan 2022- yilning 8 oyi davomida Jondor tumanidagi 2 353 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 54 milliard 229 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

7-photo_2022-08-11_11-51-21

Oʻtgan davr davomida respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbuslari bilan 410 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 1200 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

8-photo_2022-09-14_14-28-18

Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan jami 356 nafar fuqaroga, 2 milliard 713  million soʻmlik subsidiya ajratildi.

Matbuot xizmati