2022- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida tashish va saqlash faoliyati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 3546,1 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 29,1 % i o‘zlashtirilgan.

Shuningdek asosiy kapitalga investitsiyalarning eng ko‘p investitsiya hajmlari ishlab chiqaradigan sanoatga 17,2 % (yoki 2 089,3 mlrd. so‘m), tog‘-kon sanoatiga 14,3 % (yoki 1744,0 mlrd. so‘m), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga 8,9 % (yoki 1083,3 mlrd. so‘m), uy-joy qurilishiga 8,9 % (yoki 1082,6 mlrd. so‘m), elektr energiyasi va gaz ta’minotiga 8,3 (yoki 1016,0 mlrd. so‘m), qurilishga 2,8 % (yoki 343,2 mlrd. so‘m), ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalarni tamirlashga 2,7 % (yoki 329,6 mlrd. so‘m), suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizasiya qilishga 1,5 % (yoki 176,7 mlrd. so‘m), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga 1,4 % (yoki 174,0 mlrd. so‘m), ta'limga 1,1 % (yoki 131,1 mlrd. so‘m), boshqa faoliyat turlariga 3,8 % (yoki 461,2 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keladi.

investment2709wall