2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida jami 4,5 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 1696,0 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 38,1 % ni tashkil etdi, mashina, uskunalar va jihozlarni xarid qilishga 2539,1 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 57,0 % i) va boshqa xarajatlarga 217,2 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 4,9 % i) investitsiyalar o‘zlashtirilgan.