2022- yil yanvar-avgust oylarida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 17626,5 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 31,8% ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 25859,2 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 46,7 % ni tashkil etdi.
Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 11875,6 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 21,5 % ni tashkil etdi.



