2022- yil yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida 2249,9 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmining 50,5 % i xorijiy investitsiya va kreditlari hisobidan amalga oshirilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,4 % ni tashkil qilgan.
Xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida 617,8 mlrd. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 61,0 % ulushini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,8 % qayd etildi.



