O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 3- fevraldagi PF-5326-son “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlangan edi.

1-photo_2022-09-24_17-14-57

Ushbu Farmonning ijrosini ta'minlash maqsadida, hamda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturi doirasida joriy yilning 24- sentabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

2-photo_2022-09-25_09-35-56

Xodimlar dastlab, Registon majmuasiga tashrif buyurdilar. Bu yerdagi Ulug‘bek madrasasi, Sherdor madrasasi va Tillaqori madrasasi kabi tarixiy  binolar ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.

3-photo_2022-09-25_09-35-58

Shuningdek, Samarqandning tarixiy markazi hisoblangan Registon maydoni o‘zining qadimiy me'morchiligi go‘zalligi va ulug‘vorligi bilan хodimlarni o‘ziga jalb etdi.

4-photo_2022-09-24_17-14-47

So‘ngra, Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me'moriy obidalari va qadimiy yodgorliklarini yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega  bo‘ldilar.

5-photo_2022-09-24_18-16-12

Qadimiy Samarqandning yanada go‘zal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va  zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega bo‘ldilar.

6-photo_2022-09-24_17-15-15

Soha tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ushbu maroqli sayohat uchun tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirishdi.

Matbuot xizmati