Joriy yilning 28–29-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan poytaxtimizda “Xon atlas – 2022” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu kuni yurtimizdagi turli tashkilot, idora va oʻquv maskanlarida xotin-qizlar qadriyatlarimizni eʼzozlagan holda xon atlas kabi milliy liboslarimizni kiyib, festival maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashadi.
Davlat statistika qo‘mitasining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Xon atlas –2022” festivalida qo’mitada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol qatnashdi.
Ta’kidlash lozimki, bu kabi festivallarning oʻtkazilishi milliy qadriyatlarimizning yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.












Matbuot xizmati


