Joriy yilning 28- sentabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Odilov Shohruh Gʻayratjonovich hamda Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo`limi boshligʻi Samadov Shaxboz Baxrom oʻgʻlining 2022- yilning 22–23- sentabr kunlari Moskva shahrida “Katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va rasmiy statistika: Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqidagi muammolar va imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

1_7j1a93242_7j1a9326

Taqdimotchilar yig‘ilganlarni seminardan olingan bilimlar, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini rasmiy statistika maʼlumotlari bilan ishlash jarayonlariga joriy qilish boʻyicha o‘zlashtirgan tajribalari bilan tanishtirdi.

3_7j1a93354_7j1a9333

Shuningdek, taqdimot jarayonida katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalar hamda statistik maʼlumotlardan keng foydalanish boʻyicha ma’lumotlar berildi.

5_7j1a9334

Matbuot xizmati