2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida tog‘- kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan – 2158,7 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 29,3 % o‘zlashtirilgan. Suv bilan ta’minlash,kanalizatsiya,chiqindilarni yig’ish va qayta foydalanish 31,0 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 0,4 % o‘zlashtirildi.



