Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Surxondaryo viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi - 1,0 %, ikki kishilik – 3,6 %, uch kishilik - 9,9 %, to‘rt kishilik -17,6 %, besh kishilik - 26,0 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 41,9 %ni tashkil etmoqda.



