Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 3-dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

1-photo_2022-09-26_17-03-15

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

2-photo_2022-09-26_17-03-25

Davlat statistka qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tumandagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

3-photo_2022-09-26_17-03-32

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishyapti.

4-photo_2022-09-26_17-03-39

Toshkent viloyati Chinoz tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib Ibrohim Qudratov biriktirilgan. U tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilayapti.

5-photo_2022-09-26_17-03-42

Chinoz tumanidagi 55 ta mahalla fuqarlar yigʻinida 120 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Tumanda “Temir daftari”da 131 nafar, “Ayollar daftari”da 2681 nafar, “Yoshlar daftari”da 754 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

6-photo_2022-09-26_17-04-01

 Respublika vakillari va hokim yordamchilari tomonidan 2022- yil 8 oyi davomida 871 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 23 milliard 780 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

7-photo_2022-09-26_17-04-24

Oʻtgan davr davomida respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbuslari bilan 93 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 279 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

8-photo_2022-09-26_19-09-06

Respublika vakillari va Hokim yordamchilari tashabbusi bilan jami 42 nafar fuqaroga 288  mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.

Matbuot xizmati