30/09/2022

Aziz ustoz va murabbiylar, taʼlim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog-xodimlar – barchangizni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, eng ezgu tilaklarni izhor etamiz.

Mazkur qutlugʻ ayyomda barchamiz bizga ilm oʻrgatgan, hayot sabogʻini bergan jonkuyar, fidoyi oʻqituvchi va domlalarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan taʼzim qilamiz.

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi nomidan bizga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan ustoz va murabbiylarni yana bir bor kasb bayramlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Barcha ustoz va murabbiylarga sihat-salomatlik, sharafli va masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz.

statistika-qomitasi-tabriknomasi

Samimiy va cheksiz hurmat ila,

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech