2022- yil yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida 3810,3 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmining 36,4 %i xorijiy investitsiya va kreditlari hisobidan amalga oshirilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,7 % ni tashkil qilgan.

Xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida 3174,0 mlrd. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 30,3 % ulushini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 marta ko‘paydi.

photo_2022-05-24_11-59-21