Davlatimiz rahbari tomonidan 2021- yil 3- dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tuman va shaharlardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishmoqda.

Toshkent viloyati Olmaliq shahriga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Zuxriddin Sattarov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

Maʼlumot uchun, Olmaliq shahridagi 52 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 131 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan “Temir daftari”da 31 nafar, “Ayollar daftari”da 3048 nafar, “Yoshlar daftari”da 191 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan 2022- yilning 8 oyi davomida Olmaliq shahridagi 308 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 7 milliard 516 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Oʻtgan davr davomida respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbuslari bilan 297 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 411 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan jami 145 nafar fuqaroga, 680 mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.
Matbuot xizmati


