2022- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 26,5 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,5 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 112,3 % ni tashkil etgan holda 21611,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.



