2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida elektr, gaz bilan ta`minlash 2624,6 mlrd. so‘mni va jami investitsiyalardagi ulushi 52,1 % ni, ishlab chiqarish sanoati 1306,0 mlrd. so‘mni yoki 25,9 % ni tashkil etdi, polipropilen mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida 421,8 mlrd. so‘mlik investitsiyalar asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan.

Shuningdek suv ta’minoti, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va yo‘q qilishga 317,6 mlrd. so‘m yoki 6,3 % ni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida 300,2 mlrd. so‘mni va jami investitsiyalardagi ulushi  6,0 % ni tashkil etdi.

photo_2022-08-30_12-07-44