Joriy yilning 7-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda qo‘mitaning markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

1_7j1a02522_7j1a0252

Siyosiy-ma’rifat soati ishtirokchilariga nutq madaniyati va notiqlik san’ati, davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash mavzularida lavhalar taqdim etildi.

Nutq madaniyati va notiqlik san’ati haqida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Jumaniyozov Rahimboy Matkarimovich tushuncha bergan bo‘lsa, davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra mudiri, professor Shayxova Guli Islomovna zaruriy tavsiyalar berib o‘tdi.

3_7j1a02524_7j1a0252

Shuningdek, tadbir davomida yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda boshqa yangiliklar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

5_7j1a02526_7j1a0252

Matbuot xizmati