2022- yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 5 903,7 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 82,2 %i o‘zlashtirilgan. Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:
- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 1 445,9 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 20,1 %).
- boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish –681,1 mlrd. so‘m (9,5 %);
- koks va qayta ishlangan neft mahsulotlarini ishlab chiqarish – 357,0 mlrd. so‘m (5,0 %).



