2022- yilning yanvar-avgust oylarida respublikada ishlab chiqarilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi 49,1 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent viloyatida xizmat ko‘rsatish va servis sohasida kichik biznesning ulushi boshqa hududlarga nisbatan yuqori – 69,8 %ni tashkil etdi.

Nisbatan past ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan - 37,8 %.

Mintaqalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesning ulushi, %:

O‘zbekiston Respublikasi – 49,1

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 50,3

Andijon - 67,1

Buxoro – 59,4

Jizzax – 59,7

Qashqadaryo - 67,4

Navoiy - 57,6

Namangan – 66,9

Samarqand - 67,3

Surxondaryo – 65,3

Sirdaryo – 51,1

Toshkent - 69,8

Farg‘ona – 64,1

Xorazm - 62,1

Toshkent shahri - 37,8

20_05_2022