Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Qashqadaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 74,7 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 20,3 %;
- ikki bolalilar 26,9 %;
- uch bolalilar 19,3 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 8,2 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 25,3 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.



