2022- yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2022-yil yanvar-avgust oylarida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan ko‘payish kuzatildi. Ular tomonidan jami qurilish ishlari hajmining 58,9 %i bajarilib, 2021-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 3,6 % punktga ko‘paygan.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,5 % ni tashkil etgan holda 11 792,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 6,9 % ni tashkil etib, 1 378,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan kamayish kuzatilib, 76,6 % ni tashkil etdi.



