2022- yil yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, shaxsiy xizmatlar hajmi 5 491,4 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda jami ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmida sartaroshxona va goʼzallik salonlari xizmatlarining ulushi 65,0 %ni tashkil etdi. Boshqa shaxsiy xizmatlar ulushi 23,5 %ni tashkil etdi. Oʻz navbatida, toʻqimachilik va moʻynali mahsulotlarni kir yuvish va kimyoviy tozalash xizmatlarining ulushi 6,5 %ga yetdi. jismoniy komfortni taʼminlash boʼyicha xizmatlar hajmi 3,2 %ni hamda dafn marosimlarini tashkil qilish xizmatlari va shu bilan bogʼliq xizmatlarning ulushi esa 1,8 %ni tashkil etdi.



