Davlatimiz rahbari tomonidan 2021- yil 3- dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

1_resvakil14102_resvakil14103_resvakil1410

Davlat statistika qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tuman va shaharlardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishmoqda.

4_resvakil14105_resvakil14106_resvakil1410

Farg’ona viloyati Buvayda tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Mirzohid Umarov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

Maʼlumot uchun, Buvayda tumanidagi 55 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 218  ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan “Temir daftari”da 160 nafar, “Ayollar daftari”da 1479 nafar, “Yoshlar daftari”da 207 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

7_resvakil14108_respubvakil14109_resvakil1410

 Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan 2022- yilning 8 oyi davomida Buvayda tumanidagi 1804 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 41 milliard 100 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Oʻtgan davr davomida respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbuslari bilan 110 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 850 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

10_resvakil141011_resvakil141012_resvakil1410

Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan jami 85 nafar fuqaroga, 338  mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.

Matbuot xizmati