2022- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 788,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 9,7 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 0,1 foiz punktga kamaydi va 2018- yilning mos davriga nisbatan esa 0,1 foiz punktga o‘sdi.



