Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi. 

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi. 

Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.

hashar1410_1hashar1410_2hashar1410_3 

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanining 10 ta mahallasida hashar tashkil etildi.

hashar1410_5hashar1410_6

Xususan, 1 mingta terak qalamchalari va 2 mingta gul ko’chatlari ekildi. Hasharchilar ekilgan koʻchatlar tagini yumshatib, sug‘orishdi. Tuman hokimiyati va mahalla vakillari bilan koʻchatlar parvarishi va sugʻorilish ishlari nazorati boʻyicha kelishib olindi.

hashar1410_7hashar1410_8hashar1410_9

 Matbuot ximzati