Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 3-dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

Davlat statistka qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tumandagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishyapti.

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib Ulugʻbek Askarov biriktirilgan. U tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini yaxshilash yoʻlida mehnat qilmoqda.

Ma‘lumot uchun: Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 69 ta mahalla fuqarlar yigʻinida 263 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Tumanidagi mahalla fuqarlar yigʻinida “Temir daftari”da 580 nafar, “Ayollar daftari”da 572 nafar, “Yoshlar daftari”da 227 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

Respublika vakillari va hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil 9 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

118 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 870 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi. 424 ta kichik biznes subyektlari va 771 ta YATT yangi tashkil etildi.
1 339 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 34,9 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. 7 620 nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qildi.
Matbuot xizmati


