2022- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami qurilish ishlari hajmining 72,0 % ini tashkil etib, 2021-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,4 % punktga kamaydi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ni tashkil etgan holda 1632,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.



