O’zbekistonda 2022-yilning 1-oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 513 333 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 509 720 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahrida – 103 194 ta

Toshkent viloyatida – 47 818 ta

Samarqand viloyatida – 46 353 ta

Farg‘ona viloyatida – 44 882 ta

Andijon viloyatida – 38 547 ta

Qashqadaryo viloyatida – 35 543 ta

 d40d01e7aead321ffb8c27de1c3cf4dd

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlandi:

savdoda – 176 864 ta

sanoatda – 95 863 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 51 693 ta

qurilishda – 45 826 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 35 571 ta