Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 3-dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

Davlat statistka qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tumandagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

1_photo_2022-10-20_16-50-39-22_photo_2022-10-20_16-50-423_photo_2022-10-20_16-50-45

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishyapti.

Jizzax viloyati Paxtakor tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib Sarvar Akramov biriktirilgan. U tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilayapti.

Ma’lumot uchun: Paxtakor tumanidagi 15 ta mahalla fuqarlar yigʻinida 77,5 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Tumanda “Temir daftari”da 29 nafar, “Ayollar daftari”da 1441 nafar, “Yoshlar daftari”da 75 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

4_photo_2022-10-20_16-50-485_photo_2022-10-20_16-50-556_photo_2022-10-20_16-50-57

 Respublika vakillari va hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil 9 oyi davomida 841 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 20 milliard 765 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Oʻtgan davr davomida respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbuslari bilan 80 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 314 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

7_photo_2022-10-24_10-58-278_photo_2022-10-24_10-58-37

Tumanda axoli bandligini taʼminlash maqsadida jami 214 nafar fuqaroga, 1779  mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.

741 nafar fuqarolar kasb-xunar markazlariga oʻqish uchun yoʻllanmalar berildi va 1738 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi.

Matbuot xizmati