2022-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 11806,8 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-102,6 % oʻsish surʼatiga erishdi.
Surxondaryo viloyatida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibi mahsulot turlari boʻyicha tahlil qilinganda, eng katta ulush goʻsht (29,6 %), sabzavotlar (22,4 %), don (15,5 %) va sut (11,7 %) ga toʻgʻri keldi.



