2022-yilnig yanvar-sentabr oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 25,9 % ni tashkil etib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,5 % punktga ko‘paydi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2,4 % punktga kamayib, 45,9 % ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,9 % punktga ko‘payib, 28,2 % ni tashkil etdi.



