2022-yilning yanvar-iyun oylarida Fargʻona viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 13539,7 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-102,4 % oʻsish surʼatiga erishdi.
Fargʻona viloyatida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibi mahsulot turlari boʻyicha tahlil qilinganda, eng katta ulush goʻsht (24,7 %), sabzavotlar (19,4 %), don (14,8 %) va sut (14,7 %) ga toʻgʻri keldi.



