2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi mablag`lari hisobidan 19,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 112,6 % ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,5 % punktga ko‘payib, 10,1 % ni tashkil etdi.



