2022- yil 3- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Farg‘ona davlat universiteti bilan onlayn davra suhbati tashkil etildi.

1-7j1a3611

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati, Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

2-7j1a36243-7j1a3601

Tadbirda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gʻoyibnazarov Bahodir Karimovich “O‘zbеkiston Rеspublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining iqtisodiy-statistik tahlili” mavzusida taqdimot qildi.

4-7j1a35965-7j1a3637

Unda O’zbekiston Respulikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining besh yillik dinamikasi, o’sish sur’atlari va unga ta’sir etuvchi omillar to’g’risida ma’lumot berildi.

6-7j1a3587

Shuningdek, qo‘mitaning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig’i Abarorali Mamadjanov yig‘ilish ishtirokchilariga MDH davlatlarining YAIM va u bilan bog’liq ko’rsatkichlari to’g’risida ma’lumot berdi.

7-7j1a3647

Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.