Davlatimiz rahbari tomonidan 2021- yil 3- dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

1-photo_2022-10-20_09-48-51

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

2-photo_2022-08-24_14-58-43

Davlat statistika qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tuman va shaharlardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

3-photo_2022-10-20_09-51-15

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishmoqda.

4-photo_2022-04-11_14-37-32

Namangan viloyati Norin tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Hayrulla Hasanov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

5-photo_2022-10-20_09-55-08

Maʼlumot uchun, Norin tumanidagi 57 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 160,3 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan “Temir daftari”da 35 nafar, “Ayollar daftari”da 3650 nafar, “Yoshlar daftari”da 235 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

6-photo_2022-10-19_14-07-53

 Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan 2022- yilning 9 oyi davomida Norin tumanidagi 1233 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 24 milliard 464 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

7-photo_2022-10-20_09-56-06

Oʻtgan davr davomida respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbuslari bilan 243 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 1192 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

8-photo_2022-10-20_10-00-04

Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan jami 70 nafar fuqaroga, 253  mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.

Matbuot xizmati