2022-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 13277,1 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-101,0 % oʻsish surʼatiga erishdi.
Toshkent viloyatida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibi mahsulot turlari boʻyicha tahlil qilinganda, eng katta ulush goʻsht (42,2 %), sabzavotlar (19,3 %), sut (15,2 %) va don (7,3 %) ga toʻgʻri keldi.



