2022- yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

1-7j1jhkghj2-7j1arydjrtj

Tadbirda dastlab, Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Kasaba uyushmasi qoʻmitasi faollari hamda xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

3-7j1arjtjtjt4-7j1ajs

Davlat statistika qoʻmitasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda statistika tizimida mehnat qilayotgan xodimlarga koʻmak berish, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish, sogʻligʻini tiklashlari uchun moddiy ham maʼnaviy koʻmak berish kabi masalalarda soʻz yuritildi.

5-7j1jetrrt7j1a8801

Oʻtgan davr mobaynida Davlat statistika qoʻmitasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan ishchi-xodimlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal qilish borasida amalga oshirilgan koʻplab ijobiy ishlar sarhisob qilindi.

7-7j1rtj8-7j1str

Tadbir ishtirokchilari Kasaba uyushmalari kunining nishonlanishi xodimlarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini taʼminlash, ragʻbatlantirishga xizmat qilishini taʼkidladi. 

9-jsrt10-srtjht

Tadbirda sohada koʻp yillar mehnat qilgan, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan, izlanuvchan, tashabbuskor kasaba uyushmalari tashkilotlarining faollari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Matbuot xizmati