Joriy yilning 11- noyabr kuni  Davlat statistika qo`mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1-7j1a8891

Davlat statistika qo`mitasida tashkil etilgan uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy ko'rsatkichlari, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, tashqi savdo, eksport-import, O'zbekiston Respublikasining xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlarini tarqatishning maxsus standartiga o'tishi masalalari muhokama qilindi.

3-7j1a8975

Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, Xalqaro valyuta jamg`armasi (XVJ) tomonidan texnik ko'mak va XVJning statistiklar va iqtisodchilarning malaka va bilimini oshirish uchun maxsus dasturlarni tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

4-7j1a8914

5-7j1a8920

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

 

Matbuot xizmati