Joriy yilning 14- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida xalqaro ekspert, professor  Polyakova Tatyana Mixaylovna bilan uchrashuv oʻtkazildi.

1-8769863782-7j1a9048

Tadbirda aholini roʻyxatga olish jarayonlarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish masalalari muhokama qilindi.

3-7j1a90344-7j1a9142

Xalqaro ekspert MDH statistik tizimlarini rivojlantirishda axborot texnologiyalarini takomillashtirish, Big Data maʼlumotlarini qayta ishlash va saqlash boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

5-7j1a91196-7j1a9132

Ma‘lumot uchun, ikki haftalik tashrif doirasida xalqaro ekspert Toshkent va Samarqand viloyatlarida boʻlib, bu yerda aholini roʻyxatga olish hamda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik koʻrish jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqadi.

7-7j1a9055

Matbuot xizmati