2022- yil 16- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Oʻzbekiston Milliy universitetida davra suhbati tashkil etildi.

1_7j1a0009

Unda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati, Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

2_7j1a9894

Tadbirda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gʻoyibnazarov Bahodir Karimovich so‘nggi yillarda statistika sohasi rivojida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

4_7j1a0020

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Obidov Umarjon Shavkatovich “O‘zbеkiston Rеspublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining iqtisodiy-statistik tahlili” mavzusida taqdimot qildi.

5_7j1a0113

Taqdimotda O’zbekiston Respulikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining besh yillik dinamikasi, o’sish sur’atlari va unga ta’sir etuvchi omillar to’g’risida ma’lumot berildi.

6

Davra suhbati yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish hamda talabalar uchun amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek, universitet bilan memorandum imzolash masalasi ko‘rib chiqildi.

3_7j1a0087

Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

Matbuot xizmati