O’zbekistonda 2022- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 516 274 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 512 637 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 104 093 ta
Toshkent viloyatida – 48 132 ta
Samarqand viloyatida – 46 735 ta
Farg‘ona viloyatida – 45 174 ta
Andijon viloyatida – 38 682 ta
Qashqadaryo viloyatida – 35 504 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlandi:
savdoda – 178 087 ta
sanoatda – 96 148 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 51 985 ta
qurilishda – 45 944 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 35 755 ta



