2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 17 311,9 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-104,9 % oʻsish surʼatiga erishdi.
Namangan viloyatida jami ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibini mahsulotlar turi boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta ulushga ega mahsulotlar turiga goʻsht (30,0 %), sut (12,2 %), meva va rezavorlar (10,7 %) va don (9,5 %) ga toʻgʻri keldi.



