Qoraqolpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi.

1-photo_2022-11-18_10-23-51-22-3c79c004cd43569ff57bd

Kuzatuvlarda Davlat statistika qo‘mitasi Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Jomolov, Investitsiya bo‘limi boshlig‘i  Bahodir Jabbarov, hududiy statistika boshqarmalarining tegishli tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda hududiy kadastr bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

3-photo_2022-11-18_10-24-23-34-photo_2022-11-18_10-23-51

      Tanlama kuzatuvlarni o‘tkazishdan maqsad ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1 kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida aniq statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

5-461a36cd71a74ae2af9416-photo_2022-11-17_17-55-48-2

    Qo‘mita mas’ullari tomonidan kuzatuv o‘tkazayotgan xodimlarga ishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish, kuzatuv jarayonlarida nimalarga e’tibor berish kabi masalalarda turli tavsiya yo‘l-yo‘riq berildi.

7-photo_2022-11-17_17-55-438-861db51d628aead42b365

 Matbuot xizmati