2020- yil 1- iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

1-7j1a0261

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

2-7j1a9248

Mazkur grafik asosida 2020-2021- yillarda tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

3-7j1a0269

2022- yilning 18- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan onlayn vebinar tashkil etildi.

4-7j1a0267

Tadbirda 2020-2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi.

5-7j1a0263

Tadbirda statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklar muhokama va tahlil qilingan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Vebinar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, hududiy statistika boshqarmalarning xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati