Sizni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022- yil 23- noyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida “Bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida oʻtkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvlarining ahamiyati” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz!
Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savollar bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uy.



