2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida YAHM 4,9 % ga o‘sdi va 25 314,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,5 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 46,9 %), sanoatda 104,5 % (6,8 %), qurilishda 105,3 % (8,5 %) va xizmatlar sohasida 106,7 % (37,8 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari ta’sir qildi. Aholi jon boshiga YAHM 9 151,3 ming so‘mni tashkil etdi va 2,5 % ga o‘sdi.



