2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyati bo‘yicha jami 7 478,7 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 27,4 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 49,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 23,5 % investitsiyalar o‘zlashtirildi.



