2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha jami 10 264,5 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 36,6 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 48,9 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 14,5 % investitsiyalar o‘zlashtirildi.



